platina.uz
Jamiyat

“Agrobank” sobiq boshqaruvchisi 600 mln. soʻm mablagʻni oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudida katta mablagʻni oʻzlashtirishda ayblangan bankir ishi koʻrildi. 

“Agrobank” sobiq boshqaruvchisi 600 mln. soʻm mablagʻni oʻzlashtirib yuborgani aniqlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudida katta mablagʻni oʻzlashtirishda ayblangan “Agrobank” sobiq boshqaruvchisiga nisbatan sud hukm oʻqildi. Sudlanuvchi M.F. “Agrobank” ATB Davlatobod filiali boshqaruvchisi lavozimida 2021 yil 17 sentabrdan 2022 yil may oyiga qadar ishlagan. Sud hukmi Platina.uz`da mavjud.

U mansab mavqeini suiisteʼmol qilib, “LION PRIDE GROUP” MChJ rahbari M.Sabirov mazkur jamiyatning kreditdan boʻlgan qarzdorligini toʻlash maqsadida tanishi “TEXTILE IMPEX COMPANY” MChJ rahbari K.Mamadaliyevdan 600.000.000 soʻm miqdorida qarz soʻragan. K.Mamadaliyev ukasi “TEXTILE IMPEX COMPANY” MChJ rahbari J.Mamadaliyevga bu haqda topshiriq bergan.

Shundan soʻng, ayblanuvchi M.F. K.Mamadaliyev tomonidan 31.03.2023 yilda oʻzining nomiga yozilgan 600.000.000 soʻm mablagʻini qabul qilib olib, “LION PRIDE GROUP” MChJning kredit qarzdorligiga yoʻnaltirmasdan, mazkur jamiyat rahbari Sabirovning roziligisiz “GOLD TEXTILE ACTIVE” MChJning kreditdan boʻlgan qarzdorligiga toʻlab yuborgan va pul mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

M.F. M.Faxritdinov oʻzining jinoiy harakatlariga qonuniy tus berish maqsadida mansab soxtakorligi yoʻli bilan 600.000.000 soʻm pul mablagʻlarini “GOLD TEXTILE ACTIVE” MChJ kredit qarzdorligi uchun “LION PRIDE GROUP” MChJ rahbari M.Sabirovning nomidan toʻlanganligi haqida uning nomidan imzolangan rasmiy hujjat hisoblangan toʻlov kvitansiyalarini tayyorlab, M.Sabirovning imzosini soxtalashtirib, qatʼiy hisobi yuritiladigan kassa hujjatlariga qoʻshib qoʻygan.

Garchi M.F dastavval sudda oʻz aybini inkor etgan boʻlsada, sud dalil va guvohlar koʻrsatmasi bilan uning aybi tasdiqlangan deya topdi.

Sud hukmiga M.F.ga uzil-kesil 2 (ikki) yil 3 (uch) oy muddatga davlat banki tizimida moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda ish haqining yigirma foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil 5 oy 15 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sud unga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda qaramogʻida uch nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, jinoyat natijasida yetkazilgan zararlar qoplanganini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb, jinoyatni gʻarazli niyatlarda sodir etganligini jazoni ogʻirlashtiruvchi holat deb baholagan.

Avvalroq "Xalq banki"ning buxorolik mansabdori katta mablagʻni talon-toroj qilishda aybdor deb topilgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid