Madaniy meros obʼektlari roʻyxati kengaytirildi
Yangi roʻyxatda ayrim metro bekatlari, teleminora, "Oʻzbekiston" mehmonxonasi, Eski joʻva bozori gumbazlari kabilar bor.

Oʻzbekistonda milliy madaniy meros obʼektlari roʻyxati kengaytirildi.
Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan 21 ta bino modernizm davri obʼekti maqomiga ega boʻlib, milliy madaniy meros obʼektlari roʻyxatiga kiritildi.
Birinchi bosqichda roʻyxatga 11 ta yangi obʼekt kiritildi:
• “Quyosh geliokompleksi”;
• “Oʻzbekiston” mehmonxonasi;
• Davlat sanʼat muzeyi;
• Toshkent teleminorasi binosi;
• “Eski juva” dehqon bozorining 8 ta moviy gumbazi;
• “Shodlik” mehmonxonasi;
• “Ilhom”teatri;
• Kosmonavtlar metro bekati;
• Residense Park mehmonxonasi binosi;
• Aviasozlar saroyi;
• Koʻkrak jarrohligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Roʻyxatga kiritilgan 10 ta obʼekt holatiga qoʻshimchalar kiritildi:
• Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasining koʻrgazmalar paviloni;
• Turkiston konsert zali va yozgi maydon binosi;
• Toshkent televideniyesi binosi;
• 17 qavatli monolit turar-joy binosi (“Marvarid”);
• Alisher Navoiy nomidagi sanʼat saroyi binosi;
• Toshkent davlat sirki binosi;
• Xalqlar doʻstligi sanʼati saroyi binosi;
• Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi binosi;
• Diplomat Polovsevning uyi (Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi);
• “Moviy gumbazlar” kafesi.
Mazkur qaror Oʻzbekiston xalqining milliy boyligi hisoblangan modernizm davri moddiy madaniy merosini muhofaza qilish, asrab-avaylash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, yodgorliklarni tizimlashtirish, roʻyxatini tuzish, ularning tarixiyligini saqlash hamda ularning ahamiyatini oshirish maqsadida qabul qilingani maʼlum qilingan.