Devid Kemeron Oʻzbekistonga keldi
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Oʻzbekistonga soʻnggi tashrifi 1997 yilda kuzatilgandi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi.
Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida martabali mehmonning mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.
Siyosatchining safaridan asosiy maqsad iqtisodiyot va taʼlim sohalaridagi sheriklik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, mintaqa davlatlari mustaqilligini mustahkamlash masalalari ekanini taʼkidlamoqda.
Oʻzbekiston matbuotiga koʻra, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirining Toshkentga oxirgi tashrifi Malkolm Rifkind tomonidan amalga oshirilgan. Uning tashrifi 1997 yilda boʻlib oʻtgan.
Devid Kemeron uzoq yillar Konservativlar partiyasini boshqargan britaniyalik siyosatchi. 2010—2016 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan. Oʻtgan yilning noyabr oyidan buyon Tashqi ishlar vazirligini boshqarib kelayotgan edi.