Prezident qisqa muddatli taʼtilga chiqdi
Shavkat Mirziyoyev bundan avval 2023 yil 4 dekabrda taʼtilga chiqqandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yil 22 apreldan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi.Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident bundan avval davlat tashrifi bilan Tojiistonga tashrif buyurgandi.
Shavkat Mirziyoyev soʻnggi marta 2023 yil 4 dekabrda, 2022 yil esa yanvar oyida taʼtilga chiqqandi.
2021 yilda Prezidentning taʼtili 7 kun — 4 yanvardan 10 yanvargacha davom etgan.