"Biz kilovatt sotib olishimiz kerak"
Energetika vazirligi podkastimizda koʻtarilgan takliflarni qisman inobatga oldi.
Energetika vazirligining aytishicha, 1 maygacha gaz va elektr energiyasi uchun oldindan toʻlov qilinsa, 2 oy davomida eski narxlar boʻyicha toʻlovar qabul qilinadi. Bu haqda podkastimizda takliflar bergandik.
Platina Podcast’ning favqulodda 1-sonida aynan toʻlov tizimidagi adolatsizlik haqida suhbatlashgandik. Aslida hisobimizda pul emas, kilovatt turishi, biz kilovatt sotib olishimiz kerakligini aytgan jurnalist Abror Zohidov.
Energetika vazirligi buni qisman amalga oshirmoqda. Yaʼni oldindan toʻlov joriy qildi, ammo bunda baribir yana kilovatt sotib olish haqida gap yoʻq.
Podkastning toʻliq sonini yuqoridagi videoda koʻrishingiz mumkin.