platina.uz
Jamiyat

Ziroat Mirziyoyeva bolalar tibbiyot markazidagi oʻquvchilar bilan uchrashdi

"Zamin" fondi raisi Fargʻonadagi "Mehrli qoʻllar" maktab filialiga bordi. 

Ziroat Mirziyoyeva bolalar tibbiyot markazidagi oʻquvchilar bilan uchrashdi

Ziroat Mirziyoyeva Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazidagi "Mehrli maktab" gospital turdagi maktab filialining oʻquvchilari va pedagoglari bilan uchrashdi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi uzoq muddat davolanayotgan bolalar taʼlim olishga qiziqishini yoʻqotmaganini, oʻqituvchilar ularni mehr va eʼtibor bilan qoʻllab-quvvatlayotganini koʻrgach, pedagoglarga samimiy minnatdorlik bildirdi.

U shuningdek, yoshlarni oʻz qobiliyatlari va isteʼdodini rivojlantirishga ruhlantirdi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid