platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston Qozogʻistonga insonparvarlik yordami yubordi

Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga koʻra,  Qozogʻistonning suv toshqinlaridan jabr koʻrgan hududlariga gumanitar yordam yuborildi. 

Oʻzbekiston Qozogʻistonga insonparvarlik yordami yubordi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga muvofiq Qozogʻiston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar koʻrgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini shakllantirish hamda belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.

Insonparvarlik yordami yukini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozogʻiston Respublikasiga yetkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, koʻrpacha, yopingʻich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq toʻplamlari va boshqa zarur mahsulotlar oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, Ural daryosining toshishi oqibatida Qozogʻistonning oʻnga yaqin viloyatida toshqinlar kuzatildi, yuz mingdan oshiq inson evakuatsiya qilindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid