Tok va gazning yangi narxi: zarurat, qulaylik va kamchiliklar – Platina Podcast
Bu holatni imkon qadar sodda va jaydari tilda tushuntirishga, shuningdek, energetika tizimidagi bir qator kamchiliklarni ham aytishga urindik.
Vazirlar mahkamasining elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi liberallashgan narxlari haqidagi qarori qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Platina Podcast’ni aynan shu mavzuda boshlashimiz ham bejiz emas. Narxlarning oʻzgarishi aslida zaruriyat edi. Mana shu holatni imkon qadar sodda va jaydari tilda tushuntirishga, shuningdek, energetika tizimidagi bir qator kamchiliklarni aytishga urindik.
Podkastimizda taniqli jurnalistlar Abror Zohidov va Ahmad Yusupov ishtirok etishdi. Taklif etilgan maxsus mehmon – Energetika vaziri matbuot kotibi Hasan Toshxoʻjayev uzrli sabab bilan soʻnggi soniyalarda ishtirokni bekor qildi.
Podkastni koʻrib, siz ham fikrlaringizni bildirishingizni istaymiz.