platina.uz
Jamiyat

“Sen kuchlisan”: ezgu gʻoya parvozi davom etadi

Bunday xayriya tadbirlari orqali koʻplab bolajonlarning hayotini saqlab qolish mumkin.

“Sen kuchlisan”: ezgu gʻoya parvozi davom etadi

Bugun “Sen kuchlisan” ijtimoiy loyihasining navbatdagi rasm koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirdan asosiy maqsad – onkologik va gematologik kasallikka chalingan bolajonlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga xursandchilik ulashishdir. Shu bilan birga ular tomonidan chizilgan suratlar koʻrgazmasi va kimoshdi savdolari oʻtkazildi. Ushbu savdodan yigʻilgan mablagʻlar Oʻzbekistonda onkologiyaga chalingan bolalar oʻrtasida oʻlim koʻrsatkichlarini pasaytirishga sarflanadi.

Koʻrgazmada 15 nafar bola qatnashdi. Auksionga qoʻyilgan suratlarni chizgan bolalar oʻz ijodlari atrofdagilarga maʼqul kelayotgani, uni sotib olishayotganidan xursand boʻlsa, ayrim surat egalari kasallik tufayli hayotdan koʻz yumishgan. Bunday xayriya tadbirlari orqali koʻplab bolajonlarning hayotini saqlab qolish mumkin.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid