Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ishli boʻldi
Loyiha faoliyati 2022 yildan buyon Angor, Sherobod, Muzrabot tumanlarda maqsadli 30 ta mahallada amalga oshirilmoqda.

Angor tumanidagi “Ishga marhamat” monomarkazida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yaratilgan imkoniyat va ijtimoiy xizmatlar, kreditlar, mikrokreditlar va imtiyozli kreditlar ajratish tartiblari va shartlari toʻgʻrisida, qishloq joylarda yashovchi ishsiz ayollarni ishga joylashtirish, ish takliflari, oʻzini-oʻzi band qilganlar uchun imtiyozlar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovlari va soliq imtiyozlari, tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblari toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan ayollarga tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, loyiha doirasida oʻtkazilgan “Biznes rejalar” grant tanlovida gʻolib boʻlib, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan 33 nafar ayolga asbob-uskunalar, xomashyo mahsulotlar bilan taʼminlashga sertifikatlar topshirildi. Loyiha faoliyati 2022 yildan buyon Angor, Sherobod, Muzrabot tumanlarda maqsadli 30 ta mahallada amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida maqsadli 30 ta mahallada "Reintegratsiya" dasturi asosida 18 ta joyda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga 6 kunlik treninglar oʻtkazildi. Treningda ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini taʼminlashga tadbirkorlik faoliyati boʻyicha oʻqitildi. Dastur doirasida 165 nafar ayolga "Biznes rejalar" kichik grant tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda 33 nafar ayol gʻolib boʻldilar. Chorvachilik, parrandachilik, tikuvchilik, qandolatchilik, ayollar sartaroshligi, aholiga kompyuter xizmati koʻrsatish yoʻnalishda ayollarga 25-30 mln. soʻmlik asbob-uskunalar hamda xomashyo mahsulotlari olib berishga sertifikatlar topshirildi.