platina.uz
Siyosat

Dushanbeda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Ikki davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxona binosini ochib berdilar. 

Dushanbeda Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

Oʻzbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi doirasida mamlakatning Dushanbe shahridagi elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid