YeChLning barcha yarim finalchilari nomi maʼlum boʻldi
Barselona oʻz uyida alamli magʻlubiyatga uchradi, Real Angliyadagi penaltilar seriyasida zafar quchdi.

16-17 aprel kunlari Yevropada Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvlari oʻtkazildi. Toʻrt qarama-qarshilikdan yarim finalga chiqqan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.
Jumladan, Dortmundning Borussiya klubi Madridning Atletikosini 4:2 hisobidan magʻlub etdi.
Barselona esa shov-shuvli tarzda oʻz uyida PSJga 1:4 hisobidan magʻlub boʻldi.
Bavariya hamda Arsenal uchrashuvi mezbonlarning kichik gʻalabasi bilan yakunlandi (1:0) va nemis jamoasi keyingi bosqichga chiqdi.
Real penaltilar seriyasida Manchester Sitini magʻlub etdi.
Yarim final juftliklari:
Real-Bavariya
PSJ-Borussiya Dortmund