platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda 34,3 mlrd. soʻmlik elektr talon-toroj qilindi

Sarflangan elektr energiyasi viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplashi mumkin edi.

Sirdaryoda 34,3 mlrd. soʻmlik elektr talon-toroj qilindi

Sirdaryoda 34,3 mlrd. soʻmlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “Oʻzenergoinspeksiya” hamda “Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qoʻyildi.

Xususan, Sirdaryo tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat binosida xorijdan keltirilgan jami 107 dona “INNOSILICON T3”, “Whatsminer M21S” va “ANTMINER S9 BITMAIN” qurilmalaridan foydalanib, kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shugʻullanilgan.

Aniqlanishicha, ushbu maqsadda 2022 yilning aprel oyidan 2024 yilning mart oyiga qadar MChJga qarashli elektr hisoblagichning ikkilamchi zanjirini vaqti-vaqti bilan uzib, haqiqatda oqib oʻtayotgan quvvatni yashirish orqali hisoblagich koʻrsatkichini sunʼiy kamaytirish yoʻli bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga 34 mlrd. 367 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.

Agarda MChJ rahbarlari tomonidan talon-toroj qilingan 39,3 mln. kVt elektr energiyasidan oqilona foydalanilganida, viloyatning Boyovut, Sardoba, Oqoltin va Guliston tumanlari aholisining bir oylik ehtiyojini qoplash mumkin edi.

Hozirda MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid