platina.uz
Jamiyat

Navoiy hokimi turli maqsadlar uchun 2,5 mlrd. soʻmga yaqin pul ajratdi

Pullar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi, Yozuvchilar uyushmasi va obodonlashtirish sohasiga yoʻnaltiriladi. 

Navoiy hokimi turli maqsadlar uchun 2,5 mlrd. soʻmga yaqin pul ajratdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov mablagʻ ajratish boʻyicha yangi farmoyishni imzoladi. Farmoyishga koʻra, "kechiktirib boʻlmaydigan va boshqa xarajatlar uchun" 2 mlrd. 356 mln. soʻm pul ajratiladi. Shundan 2,3 mlrd. soʻm yil boshida aniqlangan qoldiq manbasi hisobidan, 56 mln. soʻm esa viloyat mahalliy byudjeti zaxira mablagʻi hisobidan ajratiladi.

Farmoyishga ilova qilingan jadvalga koʻra, pullar quyidagicha sarflanadi:

Navbahor tumanidagi ichimlik suvi tarmogʻini taʼmirlash uchun 500 million soʻm, Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimiga 56 million soʻm, Qiziltepa maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga 1 mlrd. 350 mln. soʻm, Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasiga jami 300 million soʻm, Qiziltepadagi maktab-internet uchun 150 million soʻm ajratiladi.

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi navbatdagi sessiyada mazkur mablagʻlari sarflanishi masalasini koʻrib chiqadi.

Avvalroq Sirdaryoda hokimlik xarajatlari va Boyovut tumani uchun katta pul ajratilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid