platina.uz
Iqtisod

Qashqadaryo va Samarqandda soliq rahbarlari tayinlandi

Jumladan, Samarqand soliq boshqarmasi rahbari Qashqadaryoga oʻtkazilgan. 

Qashqadaryo va Samarqandda soliq rahbarlari tayinlandi

Qashqadaryo va Samarqandda soliq rahbarlari tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Eshmatov Sirojiddin Togʻaymurodovich Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Sirojiddin Eshmatov tayinlovga qadar Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sirojiddin Eshmatov 1971 yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. U 1991 yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini, 1999 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tolliyev Elyor Musurmanovich Samarqand viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Elyor Tolliyev 1983 yil Samarqand viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. U 2004 yilda Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini, 2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan

Elyor Tolliyev mazkur tayinlovga qadar Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid