Sirdaryoda viloyat hokimligi va Boyovut tumani uchun katta pul ajratildi
Viloyat hokimligi binosi ichki qismini taʼmirlash uchun mahalliy byudjetning zaxira mablagʻlari hisobidan 300 million soʻm beriladi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev viloyat hokimligi va Boyovut tumanidagi ishlar uchun mablagʻ ajratish boʻyicha uchta farmoyishni imzoladi.
Birinchi farmoyishga koʻra, viloyat hokimligi binosi ichki qismini taʼmirlash uchun mahalliy byudjetning zaxira mablagʻlari hisobidan 300 million soʻm "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKka ajratilgan.
Ikkinchi farmoyishda qayd etilishicha, viloyat hokimligini jihozlash harajatlari uchun 200 million soʻm beriladi. Bu pul ham viloyat mahalliy bbdjeti zaxira mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Uchinchi hujjatga koʻra, Boyovut tumanini ijtioiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga qulay sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq harajatlar uchun erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1,0 milliard soʻm tuman hokimligiga toʻlanadi.
Sirdaryo hokimi avval Mirzaobod tumanida joylashgan shoir Toʻra Sulaymon uy-muzeyi binosini rekonstruksiya qilish, qoʻshimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish, shoir haykalining postamentini barpo etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun 2 mlrd soʻm, viloyat hokimligi balansida boʻlgan LAND CRUSER PRADO avtomobilini zarur jihozlar bilan taʼminlash xarajatlariga viloyat byudjeti zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 19 mln. soʻm ajratgandi.