Behzod Musayev "Xorijda ish" majmuasini takomillashtirishga buyruq berdi
Vazirning oʻzi ushbu buyruqni bajarilishini nazoratga olishini maʼlum qilgan.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev "Xorijda ish" dasturiy majmuasini takomillashtirish boʻyicha buyruqni imzoladi.
Unga koʻra, xorijda ishlash istagini bildirgan istagini bildirgan va bu bilan bogʻliq harakatlarni monitoring qilish, axborot xavfsizligini taʼminlash uchun qator ishlar amalga oshiriladi. Buyruqda "Xorijda ish" dasturiy majmuasida axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga kiritilmaganligi, uning mobil ilovasi ishchi holatda emasligi hamda xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarni hisobga olish va bu bilan bogʻliq harakatlarni onlayn monitoring qilish imkoniyatlari mavjud emasligi koʻrsatib oʻtilgan.
Dasturiy majmuaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziriga kiritilgan takliflar asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarni roʻyxatga olish faqat dasturiy majmua orqali amalga oshiriladi, boshqa tizimlar orqali roʻyxatga olishga yoʻl
qoʻyilmaydi.
Vazir topshirigʻiga koʻra:
- 3 kun muddatda dasturiy majmuaga masʼul xodimlar Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi orqali kirish imkoniyatini yaratiladi;
- 10 kun muddatda dasturiy majmua orqali koʻrsatilayotgan barcha xizmatlar tarixini (LOGlarni) yuritish imkoniyatini yoʻlga qoʻyiladi;
- 20 kun muddatda dasturiy majmuaning Android va iOS tizimlarida ishlashga moslashgan mobil ilovasini tubdan qayta koʻrib chiqib, ishga tushiriladi;
- 2 oy muddatda dasturiy majmuani axborot tizimlari va resurslari yagona reyestriga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlanadi.