platina.uz
Jahon

Bayden va uning rafiqasi bir yilda qancha pul ishlab topgani maʼlum boʻldi

Ular bir yilda 146,6 ming dollar miqdorida federal soliq toʻlashgan. 

Bayden va uning rafiqasi bir yilda qancha pul ishlab topgani maʼlum boʻldi

AQSh prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill 2023 yilda 620 ming dollar ishlab topdi, deya maʼlum qildi Oq uy soliq deklaratsiyasiga asoslanib.

Ushbu summadan ular 23,7% stavkada 146,6 ming dollar miqdorida federal daromad soligʻini toʻlashgan.

Jo Bayden va uning rafiqasi ularning uyi joylashgan Delaver shtatida taxminan 30,9 ming dollar soliq toʻlagan. Jill Bayden oʻtgan yili Virjiniya shtatida ham 3500 dollar soliq toʻlagan edi. Shundan 5 ming dollar marhum oʻgʻli nomi bilan atalgan Bo Bayden jamgʻarmasiga tushadi.

2022 yilda oilaning yillik daromadi 579,5 ming dollarni tashkil etdi, Bloomberg taʼkidlaganidek, 2023 yilda daromadning oshishi Shimoliy Virjiniya jamoat kolleji professori Jill Baydenning maoshining oshishi bilan bogʻliq. Ijtimoiy sugʻurta toʻlovlarining oshishi tufayli daromad ham oshgan.

AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris esa turmush oʻrtogʻi bilan bir yilda 453,8 ming dollar ishlab topgan. Shundan soliqqa 88,5 ming dollar ketgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid