Komil Allamjonov nodavlat TV vakillari bilan uchrashdi
2024 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda milliy kontent yaratish borasida topshiriqlar bergandi.

Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov nodavlat teleradiokanallar vakillari bilan uchrashib, milliy kontent yaratish masalasini muhokama qildi.
"Suhbat davomida milliy kontent yaratish boʻyicha muammolar va ularga yechim topish yoʻllarini batafsil muhokama qildik", deya yozdi Allamjonov oʻz Telegram sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yil yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda milliy kontent yaratish borasida topshiriqlar bergandi.