"Xalqaro maydonda balans buzildi" — Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti jahondagi ogʻir siyosiy vaziyatga toʻxtaldi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev jahondagi ogʻir siyosiy vaziyatga toʻxtalib oʻtdi. Bu haqda prezident Jizzax viloyatida kechgan videoselektor yigʻilishida gapirgan.
"Jahonda nimalar boʻlayotganini siyosatdan uzoq odam ham koʻrib, bilyapti. Juda koʻp masalalar bor yechimi yoʻq.
Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalar mutlaqo oʻzgardi. Hatto doʻstim deb yurgan davlatlar oʻrtasida ishonch yoʻq boʻldi, desak bu ham adolatdan. Ertaga dunyoda bu notinchlik koʻlami qayergacha kengayishini hech kim bilmaydi", – dedi prezident.
"Tashqaridagi tahdiddan qatʼiy nazar biz odamlarimizni rozi qila olsak, oʻsha tahdidga tayyor boʻlamiz. Buning uchun bizga barqaror oʻsayotgan iqtisodiyot kerak. Eksport kerak. Eng katta narsa, ong oʻzgarishi kerak. Pirovardida ish oʻrni, farovonlik, odamlarni inontirish boʻlishi kerak", deya xulosaladi davlat rahbari.