Surxondaryo va Qashqadaryo hokimlariga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi
Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u Qiziriq tumani hokimi edi.
Surxondaryo hokimi oʻrinbosari lavozimida shu vaqtga qadar Anvar Oripov ishlab kelayotgandi.
Shuningdek, Ziyoda Aminova Qashqadaryo viloyati hokimining oʻrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar viloyat hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Aminova egallagan lavozimda avval Komila Karamova ishlab kelgandi.
Avvalroq Navoiy viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlangandi.