platina.uz
Jahon

Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini eʼlon qildi

Rossiya rahbari "Istanbul formati"da Kiyev bilan muzokara olib borishga tayyor. Ukraina esa Rossiya bilan muzokaralarga qonuniy taqiq qoʻygan. 

Putin Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini eʼlon qildi

Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini aytdi.

Putin Ukraina bilan Istanbulda kelishilgan kelishuvga qaytishni taklif qilgan Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenkoning gʻoyasini maʼqullagan.

Lukashenko bu tashabbus haqida 11 aprel kuni Putin bilan uchrashuvda gapirdi, deya xabar beradi Kreml matbuot xizmati.

Belarus prezidentining soʻzlariga koʻra, Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida "jiddiy muvaffaqiyat" kuzatilgan.

Lukashenko endi oʻsha kelishuvga qaytishni taklif qildi. Lukashenkoning qoʻshimcha qilishicha, bu Kiyev uchun oqilona va maqbul pozitsiyadir.

Rossiya-Ukraina muzokaralari 2022 yilda Istanbulda boʻlib oʻtgandi, u bir necha raundlarni oʻz ichiga olardi.

Tinchlik muzokaralari Ukraina tashabbusi bilan 2022 yil may oyida tugatilgan edi. Oʻsha yilning oktabr oyida Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlovchi farmon chiqardi. Bunga 2022 yil 30 sentabrida Ukrainaning toʻrt viloyati (Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje) Rossiya tomonidan anneksiya qilingani sabab boʻldi.

Oʻtgan yilning sentabrida Putin Qoʻshma Shtatlarga Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralarni taqiqlovchi farmonini bekor qilishni taklif qilgan edi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa mamlakat faqat 1991 yilgi chegaralarga chiqsagina muzokaralarni boshlashi mumkinligini aytib keladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid