Navoiy viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Tayinlovga qadar u "Mikrokreditbank" boshqaruv raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Sulaymonov Rustam Davutovich Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rustam Davutovich 1982 yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2012 yilda esa Bank-moliya Akademiyasini iqtisodiyot, bank ishi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, iqtisodchi.
Tayinlovga qadar u "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Navoiy viloyati hokimi birinchi oʻrinbosari lavozimini shu vaqtga qadar Toʻlqin Otamurodov egallab kelgandi.