Qozogʻistondagi suv toshqinlarida qariyb 100 ming kishi evakuatsiya qilindi
Ushbu toshqinlar soʻnggi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofat deya baholangan edi.

Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatdagi suv toshqini bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha maʼlumotlarni yangiladi.
"Fuqaro muhofazasi xizmatlari tomonidan 99 127 kishi, jumladan 36 365 nafar bolalar evakuatsiya qilindi", — deyiladi boshqarma xabarida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, vaqtinchalik joylashtirish markazlarida 6516 kishi, jumladan, 3167 nafari bolalar qolmoqda. Uy-joylar va ularga tutash hududlardan 8,9 million kub metrdan ortiq suv chiqarildi, 1,6 milliondan ortiq qop va 1,2 million tonna inert material yotqizildi. 2983 ta turar-joy binosi va 1868 ta hovlidan suv yoʻnaltirildi. Davlat moddiy zaxirasidan 264 tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqarildi, deya xabar qildi qutqaruvchilar.
Eslatib oʻtamiz, Ural daryosi havzasida joylashgan Rossiya va Qozogʻiston davlati hududlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda. Qozogʻiston prezidenti mazkur toshqinlarni" soʻnggi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofat" deya atadi. Aktobe, Atirau, Oqmoʻla, Sharqiy Qozogʻiston, Pavlodar viloyatlarida tabiiy ofat davom etmoqda.
Taʼkidlash kerak, suv toshqinlari Kaspiy dengiziga quyiladigan Ural daryosi suv hajmining ortishi va toshishi bilan bogʻliq. Rossiya ham qariyb 120 ming kishi yashaydigan Orsk shahrining ayrim qismlarini suv bosgan.




