Fargʻona shahar hokimi byudjetdan yarim milliard soʻmga yaqin ajratdi
Mazkur qaror shaharda barpo etilayotgan "Ekoshahar" loyihasi bilan bogʻliq.

Fargʻona shahar hokimi Vosiljon Nazarov ayrim xarajatlar uchun 450 million soʻm ajratdi.
Farmoyishga koʻra, mazkur mablagʻ shaharda barpo etilayotgan "Ekoshahar"ni zarur infratuzilma bilan taʼminlashda uchun sugʻorish tarmoqlarini joriy qilish uchun va quduqlar nasos agregatlarini yangilash bilan bogʻliq xarajatlarga sarflanadi. Jumladan, 300 mln. soʻm sugʻorish tizimi uchun, 150 mln. soʻm esa nasos agregatlari uchun ajratiladi.
Pullar 2024 yil byudjetining boshida shakllangan erkin qoldiqlar hisobidan Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga beriladi.
Farmoyish ijrosini nazoratga olish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Moʻminov zimmasiga yuklangan