Toshkentda savdo rastasi yonib ketdi
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga koʻra, jarohatlangan va halok boʻlganlar yoʻq.
Jamiyat
11-aprel 2024 yil
Toshkentda savdo rastasi yonib ketdi. Shahar FVB yongʻin tafsilotlarini maʼlum qildi.
Kecha, 10 aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani "Yangiqoʻrgʻon" MFY Tolariq koʻchasida joylashgan ochiq pavilon tarzda jihozlangan savdo rastasida 30 kv.m. maydonda eski buyumlar yongan.
Toshkent shahar FVBga 22:55da xabar kelib tushib, etilgan manzilga yongʻin qutqaruv boʻlinmalari soat 23:00da yetib borib, yongʻin soat 23:07da qurshab olingan va soat 23:09da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida halok boʻlganlar va jarohat olganlar yoʻq.
Avvalroq poytaxtdagi biznes markazda yongʻin chiqqandi.