Nyu-York politsiyasi hijobni majburan yechtirgani uchun musulmon ayollarga tovon puli tӯlaydi
Jabrlangan ayollar 13 ming dollargacha miqdorda maʼnaviy zarar uchun tovon puli olish huquqiga ega boʻlishdi.

Nyu-York federal sudi shahar politsiyasi tomonidan hijobi yechtirilgan musulmon ayollarga 17,5 million dollar tovon puli toʻlanishi haqida qaror qabul kildi.
Sudga daʼvo arizasi kiritgan ikki ayol politsiya boshqarmasi (NYPD) tomonidan hibsga olinish vaqtida suratga tushirish uchun hijoblarini yechishga majburlangan.
Jabrlangan ayollar politsiya boshqarmasining bu qilmishi yuzasidan sudga shikoyat qilishgan. Ish sudda kӯrib chiqilgach, Nyu-York shahri maʼmuriyati 17,5 million dollar miqdorida tovon puli toʻlashi haqida kelishuvga erishilgan.
Sud, shuningdek, politsiya boshqarmasiga hibsga olish vaqtida musulmon ayollarning roʻmollarini yechtirish siyosatini oʻzgartirish majburiyatini yuklagan.
Daʼvogarlar sudga 2018 yilda jamoaviy daʼvo bilan murojaat qilishgan edi. Daʼvo jamoaviy boʻlgani sababli shu vaqtga qadar kamsituvchi siyosatdan jabrlangan barcha musulmon ayollar 13 ming dollargacha miqdorda maʼnaviy zarar uchun tovon puli olish huquqiga ega boʻlishdi.