platina.uz

Bu hayotda borligimni isbotlash uchun 10 ta til oʻrganganman – bir poliglot qissasi

Qahramonimizning aytishicha, oilada oʻrtancha farzandligi uchun unga yetarlicha eʼtibor boʻlmagan. Sarvinoz esa alamini til oʻrganishdan olgan. Bu qahramonimizning kelajagi uchun eng toʻgʻri investitsiya edi.

Intervyu
9-aprel, 19:51

Til oʻrganish — insonning shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi, yangi mahoratlar, yangi bilimlar olishiga qoʻshimcha imkoniyat yaratadi. Har qanday imkoniyatga ega boʻlishimiz uchun bizdan ham nimadir talab qilinadi. Xoʻsh, u holda til bilish beradigan imkoniyatlar uchun nima kerak deb oʻylaysiz? Albatta, xohish-istak, katta sabr, va kimningdir turtkisi. Bizning qahramonimizga ham Oʻzbekistonda kam sonli poliglot boʻlishiga qaysidir maʼnoda mana shu turtki sababchi berdi.

Sarvinoz Bahodirova 1999 yil 6 yanvarda Navoiy viloyatida ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi ham, onasi ham oʻqituvchi. Oilada 3 farzand: 2 qiz va bitta oʻgʻil. Qahramonimiz farzandlarning oʻrtanchasi.

2017 yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr bosqichiga oʻqishga kirgan. 2021 yilda esa oʻqishini magistratura boʻyicha davom ettirgan. Oʻqish bilan birga oʻquv markazlarida oʻquvchilarga rus tilidan dars bergan. Shuningdek, bu vaqt davomida oʻzi ham til oʻrganishni davom ettirgan.

“Universitetga kirgunimcha 4 ta chet tilini oʻrganib boʻlganman, qolganlarini oʻqish davomida oʻrgandim. 10 tilimdan 8 tasini har xil vaqt davomida oʻrgangan boʻlsam, bir haftada oʻrganganlarim xitoy va italyan tillari boʻlgan. 10 ta tilga umumiy 12 yil vaqtim ketgan”, deydi Sarvinoz.

Ikki yil avval, qahramonimiz biladigan tillar soni 8 ta edi, bu yilga kelib 25 yoshli Sarvinoz 10 ta tilda bemalol muloqot qila oladi. Bular: rus, ingliz, fransuz, nemis, koreys, ispan, turk, arab, xitoy, italyan.

Odinaxon Dehqonova suhbatlashdi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+