platina.uz
Jamiyat

Andijonda 20 ta maktab va bogʻcha binosi buziladi

Qaror qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi va taʼlim boshqarmasi xatiga asosan qabul qilingan.

Andijonda 20 ta maktab va bogʻcha binosi buziladi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning qarori bilan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi yaroqsiz holatda boʻsh turgan davlat obʼektlari buziladi.

Qaror viloyat qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xulosasi va Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xatiga asosan qabul qilingan. Unga koʻra, 20 ta bogʻcha va maktab binosi buziladi. Taʼlim boshqarmasi binolarni buzishdan olingan yaroqli materiallarni balansda saqlovchi tashkilotlarga kirim qilishni taʼminlaydi. Buzishdan boʻshagan yer maydonlari taʼlim boshqarmasi balansida qoldiriladi.

Buzilishi belgilangan binolar viloyat boʻyicha 20 ta, shulardan ikkitasi Andijon shahrida joylashgan. Andijon tumanida bitta, Asakada, Boʻston, Jalaquduq, Marhamat va Oltinkoʻlda ikkitadan, Shahrixonda esa uchta obʼekt buziladi. Shuningdek, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Izboskan, Qoʻrgʻontepada bittadan bino buziladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid