platina.uz
Jamiyat

Toshkent metrosiga yangi poyezdlar olib kelindi

May oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinadi, bu orqali harakatlar oraligʻi qisqarishi moʻljallanmoqda. 

Toshkent metrosiga yangi poyezdlar olib kelindi

Toshkent shahriga yana yangi toʻrt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.

Yoʻnalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu harakat tarkiblari belgilan yoʻriqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻlovchilarga xizmat qilishi uchun yoʻnalishlarga chiqariladi.

Xabarda aytilishicha, 2024 yil may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent metrosiga soʻnggi bor fevral oyida ham yangi poyezdlar olib kelingandi. Soʻnggi vaqtlarda metroda poyezdlarning toʻxtab qolishi va tirbandlik boʻyicha shikoyatlar vujudga kelayotgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid