Ramazon hayitida ketma-ket uch kun dam beriladi
13 aprel, shanba kuni barcha uchun ish kuni sanaladi.

Prezident farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.
Bular:
- 10 aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
- 11 aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
- 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
13 aprel, shanba — barcha uchun ish kuni sanaladi;
14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.
Farmonda 11 aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12 aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13 aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Ramazon hayiti 10 aprel kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.