platina.uz

Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shu paytgacha bu lavozimda ishlagan Shohruh Shoahmedov "faoliyatida yoʻl qoʻygan bir qator kamchiliklari uchun" lavozimdan olingan. 

Jamiyat
8-aprel, 15:55
Parkent tumaniga yangi hokim tayinlandi

Isaqulov Sardor Dadajonovich Parkent tumani hokimi etib tayinlandi. Sardor Isaqulov 1986 yili Toshkent viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2011 yilda Toshkent davlat texnika universitetini (kunduzgi) tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2006 yili Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektroenergiyasini uzatilishini hisoblash boʻlimida elektr montyori vazifasidan boshlagan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligida masʼul vazifalarda ishlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, koperatsion aloqalarni kengaytirish boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shu paytgacha tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shohruh Shoahmedov faoliyatida yoʻl qoʻygan bir qator kamchiliklari uchun vazifasidan ozod qilindi.

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+