platina.uz
Jamiyat

Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi

U avval Adliya vaziri birinchi oʻrinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori lavozimlarida ishlagan. 

Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markaziga yangi rahbar tayinlandi. Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov tayinlandi.Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yesemurat Kanyazov 1971 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Shumanoy tumanida tugʻilgan.

Maʼlumoti oliy, 1993 yilda Moskva davlat avtomobil yoʻllari instituti, 1999 yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, muxandis-quruvchi, huquqshunos.

U oʻz mehnat faoliyatini 1996 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligining maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2001 yil aprel-oktabr oylarida Oʻzbekiston adliya vazirining yordamchisi, 2001-2005 yillarda Adliya vazirligining iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi boshligʻi, 2005-2011 yillarda adliya vaziri oʻrinbosari, 2011-2013 yillarda birinchi Adliya vaziri oʻrinbosari, 2013-2019 yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar Ye. Kanyazov Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid