platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston 4 davlat harbiylari bilan qoʻshma mashgʻulot oʻtkazadi

Mashgʻulotlar 2024 yil iyul oyida Qozogʻistonda boʻlib oʻtadi. 

Oʻzbekiston 4 davlat harbiylari bilan qoʻshma mashgʻulot oʻtkazadi

Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston harbiylari 2024 yil iyul oyida qoʻshma harbiy mashgʻulotlar oʻtkazadi. Bu haqda "Interfaks-Ozarbayjon" xabar bermoqda.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, mashgʻulotlar Qozogʻistondagi Oimasha poligonida, shuningdek, Kaspiy dengizida joylashgan Tokmak burnida boʻlib oʻtadi.

Maʼlum qilinishicha, mashgʻulotlar davomida qurolli mojarolar zonasini belgilash yoʻnalishi boʻyicha jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarish boʻyicha harakatlar ishlab chiqiladi.

3 aprel kuni Qozogʻistonning Aktau shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari vakillari ishtirokida "Birlestik-2024" ("Ittifoq-2024") tezkor-taktik qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan rejalashtirish konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish va galdagi vazifalar bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid