platina.uz
Jamiyat

Vladivostokdagi bosh konsulxona manzili oʻzgaradi

Oʻzbekiston diplomatik idorasi AQSh sobiq konsulligi oʻrnini egallaydi. 

Vladivostokdagi bosh konsulxona manzili oʻzgaradi

Oʻzbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi yangi manzilga koʻchmoqda. Konsullik Pushkinskaya koʻchasida joylashgan AQSh Bosh konsulligining sobiq binosiga koʻchadi.

Aprel oyining oʻrtalaridan boshlab u yerda oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Vladivostokdagi vakolatxonasi 15 apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh konsulligi yangi manzilda faoliyatini davom ettirayotgani haqida xabar berdi. U Pushkinskaya, 32-ga koʻchib oʻtadi.

Hozirda Bosh konsullik Verxneportovaya, 46-uyda joylashgan.

Eslatib oʻtamiz, AQSh Bosh konsulligi Pushkinskayada 1994 yildan 2021 yilgacha yopilgunga qadar faoliyat yuritgan. Bino uzoq vaqt davomida yangi ijarachilarni qidirgandi. 2023 yil sentabriga kelib uning barcha qavatlari taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid