Qozogʻiston prezidenti 5 aprelda Oʻzbekistonga keladi
Ikki davlat rahbarlari Xiva shahrida muzokaralar oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Joʻmart Toqayev 5 aprel kuni tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Qadimiy Xiva shahrida oʻtadigan muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, transport va energetika sohalarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, gumanitar dasturlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratiladi, deyiladi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbarlari mintaqaviy kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qiladilar.
