platina.uz
Jamiyat

Oliy taʼlim vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Komiljon Karimov lavozimidan ozod etildi, deya xabar berdi Platina.uz manbasi.

Oliy taʼlim vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Shohruh Daliyev Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident qarori imzolangan.

Shu paytgacha ushbu lavozimda ishlagan Komiljon Karimov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Sh.Daliyev 1985 yilda tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2008 yilda Oʻzbekiston milliy universiteti magistraturasini tamomlagan, mutaxassisligi yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi, fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.

U 2012-2017 yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalarini tashkiliy-metodik taʼminlash bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi, 2017-2024 yillarda Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ilm-fan masalalariga masʼul departament va kotibiyatlarida oʻrta maxsus, professional taʼlim, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim hamda oliy taʼlim ilm-fanini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritib, yetarli tajriba toʻplagan.

Sh.Daliyev 112 ta oʻquv-uslubiy va ilmiy ishlar, shu jumladan, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 104 ta ilmiy maqola va tezislar muallifi. Uning ilmiy rahbarligida soha boʻyicha 5 nafar ilmiy izlanuvchilar tadqiqot olib bormoqda, ulardan bir nafari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid