platina.uz
Jamiyat

Firibgarlikda ayblangan soliq inspeksiyasi mansabdoriga hukm oʻqildi

U subsidiya asosida uy-joy tarqatishda hujjatlarni soxtalashtirgan. 

Firibgarlikda ayblangan soliq inspeksiyasi mansabdoriga hukm oʻqildi

2015 yildan 2023 yil mart oyiga qadar Guliston tumanida soliq inspeksiyasi amaldori sifatida ishlagan, subsidiya asosidagi uy-joylarni olish uchun talabgorlarni tanlab oladigan komissiya aʼzoligini suisteʼmol qilishda ayblangan shaxsga sud hukmi oʻqildi. Mazkur sud hujjati Platina.uz`da mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxs berilgan vakolatdan foydalanib, subsidiya bandlariga toʻgʻri kelmaydigan boshqa kishining hujjatlarini soxtalashtirgan va asosiy toʻlov uchun 32,0 mln.soʻm, subsidiya foiz toʻlovlari uchun 13.1 mln. soʻm jami 45.1 mln. soʻm subsidiya mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

U shuningdek, takroran jinoyat yoʻliga kirgan va IIBda ishlovchi fuqaro bilan til biriktirgan. IIB xodimining maoshi yuqori boʻlsada, uni nomiga subsidiya rasmiylashtirib, 36,3 mln.soʻm asosiy toʻlov uchun, subsidiya foiz toʻlovlari uchun 23.2 mln. soʻm ikkala holat boʻyicha jami 104.825.500 (bir yuz toʻrt million sakkiz yuz yigirma besh ming besh yuz) soʻm subsidiya mablagʻlarini takroran rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sud dalillarni ishning haqiqiy holatlariga mos, ishonchli dalillar deb baholab, sudlanuvchini mazkur hukmda koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblash uchun asoslar yetarli deb hisoblagan va ish JKning 167-moddasi 2-qismi “a,b,v,g” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan toʻgʻri kvalifikatsiya qilingan deya hukm chiqargan.

Yakuniy hukmga koʻra, ayblanuvchiga uzil-kesil 2 yil 4 oy muddatga davlat soliq idoralarida hamda mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bundan tashqari unga quyidagi taqiqlar qoʻyildi:

- tuman IIB roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik;
-alkogolli ichimliklar va giyohvandlik vositalar isteʼmol qilmaslik;
-Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqmaslik.

Yetkazilgan zararlarni qoplash uchun bank depozitidagi 104.825.500 soʻm pullar Sirdaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hisob raqamiga oʻtkaziladi.

Avval oʻn yil avval qamalgan IIBB xodimi oqlangani maʼlum boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid