Toshkent shahar hokimiga oʻrinbosar tayinlandi
Shahnoza Sultanova 1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Sultanova Shahnoza Abduvaxitovna Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Umarova Nodira Nigmatullayevna boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifadan ozod qilingan.
Shahnoza Sultanova 1982 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2003 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
Koʻp yillar davomida Toshkent davlat texnika universitetida qator lavozimlarni egallab kelgan.
Shu kunga qadar Toshkent shahridagi Belarus-Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, avval Sport vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan Durdona Rahimova ham Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari boʻlgandi.