Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimligiga tasdiqlandi
U 2023 yil mart oyidan hokim vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgandi.

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri hokimi etib tasdiqlandi.
U 2023 yilning mart oyida Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Shavkat Umrzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyev qatnashayotgan Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi navbatdan tashqari sessiyasida lavozimga tasdiqlangan.
Umurzoqov Shavkat Buranovich 1979 yilda tugʻilgan.
2022 yil 22 fevral kuni Umurzoqov Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib tayinlangan.
2018-2023 yillarda "Oʻzavtosanoat" kompaniyasi rahbari.
2013-2018 yillarda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan.
2011 yilning iyun oyidan 2013 yilning sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.