platina.uz
Jamiyat

Sergeli tuman sudi sudyasi firibgarlikda ayblanmoqda

Sudyalar oliy kengashi yigʻilishida uning vakolati toʻxtatildi va  jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi. 

Sergeli tuman sudi sudyasi firibgarlikda ayblanmoqda

Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi sudyasi firibgarlikda ayblanib, javobgarlikka tortildi.

Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yigʻilishi maʼlum qilingan.

Yigʻilishda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.

Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.

"Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi" deyiladi xabarda.

Avval Chiroqchida, undan ilgariroq Namanganda ham sudyalar pora bilan qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid