Amir Temur shoh koʻchasidagi ayrim binolar qayta quriladi
Prezident ayni damda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda. Unda Yunusobod tumani boʻyicha gapirib oʻtildi.
Ayni damda prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyasida qatnashmoqda. Sessiyada prezident poytaxtning Yunusobod tumani haqida toʻxtaldi.
Yunusobod poytaxtni eng qulay qismida joylashgani uchun kredit olmasdan, oʻz sarmoyasini kiritib, ish oʻrni yaratishga intilayotgan tashabbuskorlar juda koʻp. Lekin, ularni eng qiynaydigan masala – tumanda boʻsh joy topish.
Masalan, Amir Temur shoh koʻchasi soʻnggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador koʻchaga, hududni oʻsish nuqtasiga aylandi. Lekin koʻchani 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.
Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor koʻp qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obʼektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish oʻrinlari sonini koʻpaytirish mumkinligi qayd etildi.
Shunday loyihalarni bank filiallari oʻrnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkin.
Avval Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlangandi.