Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimligiga qaytdi
U avval Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Bugungi kunga qadar u Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgandi.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan hamda oʻtgan yillar davomida qator masʼul vazifalarda faoliyat yuritib kelgan.
U 2020 yilda ham Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangandi.
2023 yil yanvarda esa Yoshlar siyosati va sport vaziri oʻrinbosari lavozimiga oʻtgandi.