Moskvadagi terakt qurbonlari va jabrlanganlar soni ortdi
Rossiyalik rasmiylar 30 mart holati boʻyicha maʼlumot berdi.

22 mart kuni Rossiyada sodir boʻlgan teraktning oqibatida qurbon boʻlgan va jabrlanganlarning umumiy soni maʼlum boʻldi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Xoll"ga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 144 nafarga yetdi, yana 551 kishi jarohat olgan.
" 2024 yil 30 mart soat 06:00 (Moskva vaqti) holatiga koʻra, terrorchilik harakati natijasida 695 kishi (shundan 15 nafari bolalar) tan jarohati oldi, 144 nafari esa (shundan 5 nafari bola) halok boʻldi», — deyiladi vazirlik saytida.
Bir kun avval, 29 mart kuni 143 kishi vafot etgan va 382 kishi jarohat olgani xabar berilgandi.
Eslatib oʻtamiz, 22 mart kuni yuz bergan terakt oqibatida toʻqqiz nafar tojikistonlik qoʻlga olindi.
Mazkur hodisa sabab Turkiya, Yevropa va boshqa mintaqalarda, jumladan Oʻzbekistonda ham jamoat joylarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.