platina.uz
Jamiyat

Prezident 108 yoshli otaxonga "Traverse" avtomobili sovgʻa qildi

Yaqinda Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurib,  iftorlikda qatnashgandi. 

Prezident 108 yoshli otaxonga "Traverse" avtomobili sovgʻa qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 108 yoshli namanganlik otaxonga qimmatbaho avtomobil sovgʻa qildi.

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida iftorlikda ishtirok etib, nuroniylar bilan muloqotda boʻlgandi.

Jumladan, ular ichida Namangan tumanidagi Mullakuding qishlogʻida istiqomat qiluvchi 108 yoshli Ibrohimjon hoji ota Xoʻjayev ham bor edi.

Ramazon oyi va yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan davlat rahbari tabarruk nuroniy Ibrohimjon hoji ota Xoʻjayevga "Traverse" avtomashinasini tuhfa qildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid