Poytaxt hokimi xalq sharoitlari uchun kamroq pul ajratdi
Shavkat Umrzoqov qarori bilan byudjet zaxira mablagʻlaridan 824,8 mln. ajratildi.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov mablagʻ ajratish boʻyicha yangi qarorni imzoladi. Unga koʻra, 824,8 million soʻm pul Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasiga taqdim etiladi.
Ushbu mablagʻ quyidagicha sarflanishi koʻzda tutilgan: "Turizm halqasi"ni barpo etishda yoʻlaklar va veloyoʻlaklar baro qilish, ochiq turdagi avtoturargohlar va sugʻorish va irrigatsiya infratuzilmasini qurish uchun 213,6 mln. soʻm ajratiladi.
"Sarxumdon" mahallasidagi temirchilik ustaxonalarini taʼmirlash uchun 138,7 mln. soʻm, "Chorsu" va "Eski joʻva" bozorlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish uchun 119,5 mln. soʻm, mahallalar hududlarida mikrobogʻlar va sayilgohlar qurish uchun 149 mln. soʻm ajratiladi.
Shuningdek, Samarqand darvoza mahallasidagi "Yopiq sport va majmuasi"ga 177,0 mln. soʻm beriladi.
Avvalroq hokim Shavkat Umrzoqov Toshkent hokimligi binosi va boshqa xarajatlar uchun 7,3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratgandi.