platina.uz
Jamiyat

Mashinasiz yurish tashabbuskorining oʻzi mashinada ishga bordi

Boshqa bir qator amaldorlar esa piyoda, jamoat transporti va velosipedda yurdi.

Mashinasiz yurish tashabbuskorining oʻzi mashinada ishga bordi

Bugun Toshkent shahrida Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Lekin Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning oʻzi ishga xizmat avtomobilida borgan. Vazirlik matbuot xizmati buni bugun boʻlib oʻtgan videoselektor bilan bogʻlagan.

Shuningdek, koʻplab vazirlar va boshqa amaldorlar ishga piyoda va jamoat transportida bordi.

Masalan, Sport vaziri Adham Ikromov piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgani va avtobusda yurgani eʼtiborga tushgan.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov ham avtobusdan foydalandi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov ham aksiyada ishtirok etgan.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.

Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev.

Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov esa ishga velosipedda keldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid