platina.uz
Jamiyat

Energetika vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Shuningdek, Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori ham almashdi.

Energetika vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, Azim Israilovich Ahmadxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Ahmadxoʻjayev vazir oʻrinbosari lavozimiga 2021 yil sentabrda tayinlangandi. Unga qadar Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Bir muddat AKT vazirligi (hozirgi Raqamli texnologiyalar vazirligi)ni ham boshqargan.

Azim Ahmadxoʻjayev 1979 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar "Asaka" banki boshqaruvi raisi boʻlgan. Avvalroq 2011 yil mayidan Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi oʻrinbosari, soʻngra boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U avval Andijon tumani lavozimida ishlagan.

Azizxoʻja Ochilovich Qobilov — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Azizxoʻja Qobilov avval togʻ-kon va geologiya vazirining oʻrinbosari,. Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi sifatida faoliyat yuritgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid