Qashqadaryoda sudya pora bilan ushlandi
Sudyalar oliy kengashi xabariga koʻra, uning sudyalik vakolati toʻxtatilgan.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi A.B. 200 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda ushlangan.
Bugun Sudyalar oliy kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Bosh prokurorning fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A. B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi, deyiladi kengash matbuot xizmati xabarida.
Yakunda Kengash xulosasi bilan A. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi va uning sudyalik vakolati toʻxtatildi.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Avval Namanganning Mingbuloq tumanida sud raisi 2 ming dollar bilan ushlangandi.