Putin migratsiya sohasida nazoratni kuchaytirishni buyurdi
Rossiya prezidenti bu haqda Bosh prokuratura kollegiyasida gapirib oʻtgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya sohasidagi vaziyatni nazorat ostida ushlab turishni topshirdi.
Migratsiya sohasidagi vaziyat nazorat ostida boʻlishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi kollegiyasida.
"Men hamkasblardan jinoyatga qarshi qoʻshimcha, profilaktika va boshqa chora-tadbirlar tizimini oʻylab koʻrishni soʻrayman. Jumladan, nazorat, migratsiya sohasidagi qonun ustuvorligiga rioya qilish - bu sohadagi vaziyat juda muhim va millionlab odamlarni bezovta qiladi va nazorat ostida boʻlishi kerak", — dedi prezident.
Rossiya Federatsiyasi bosh prokurori Igor Krasnov 2023 yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 75 foizga oshganini maʼlum qildi.
Lekin statistika buning aksini koʻrsatmoqda. Rasmiy statistikaga muvofiq, 2023 yil davomida chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan jami 30,2 mingta jinoyat sodir etilgan — bir yil avvalgidan 9 foiz kam. MDH (Rossiyani hisobga olmaganda) fuqarolari sodir etgan jinoyatlar soni esa 7 foiz kamaygan.
Eslatib oʻtamiz, 22 martdagi teraktdan soʻng, Rossiyada migrantlar nisbatan tekshiruv kuchaygani aytilmoqda. Rossiyada eng koʻp miqdorda oʻzbekistonlik migrantlar mehnat qiladi.
Avvalroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi fuqarolarni ogohlantirgandi.